Yaponiyadan yirik gʻalaba, Eron va Janubiy Koreya durang oʻynadi

10:59 08 Yanvar 2026 Sport
208 0

Kecha, 7-yanvar kuni Saudiya Arabistonida tashkil etilayotgan U-23 Osiyo chempionati musobaqasining 2-kungi bahslari boʻlib oʻtdi. Kun doirasidagi uchrashuvda Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi Livan termasini 3:2 hisobida magʻlub etdi.

Shuningdek, “C” guruhidan oʻrin olgan ikkinchi oʻyinda Janubiy Koreya va Eron terma jamoalari durang natija qayd etdi. Shu tariqa, Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi 1-turdan soʻng guruh peshqadamiga aylandi.

“B” guruhidan oʻrin olgan dastlabki uchrashuvda esa Yaponiya U-23 terma jamoasi Suriya termasini ayab oʻtirmadi. Bahs “kunchiqar yurt” vakillarining 5:0 hisobidagi yirik gʻalabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvda kiritilgan gollarga Ryunsuke Sato (2 ta), Yuto Odzeki, Sena Isibasi va Yutaka Michivasi mualliflik qildi.

“B” guruhidagi ikkinchi oʻyinda esa Qatar U-23 terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklari termasiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv BAA jamoasining 2:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Gollarga Ali al-Memariy va Junior Ndiaye mualliflik qildi.

Bugun musobaqaning “D” guruhida bahslar davom ettiriladi. Shu tariqa, turnirning 1-tur oʻyinlari toʻliq yakunlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?