Yaponiyada Yolgʻizlik vazirligi tashkil etildi. U nimaga masʼul boʻladi?
Foto: Getty Images
Yaponiya Bosh vaziri Yoshihide Suga Mintaqaviy rivojlanish vaziri Tetsushi Sakamotoni bir vaqtning oʻzida yolgʻizlik vaziri etib tayinladi.
Bu haqda Vazirlar Mahkamasining Bosh kotibi Katsunobu Kato Tokioda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida maʼlum qildi, deb yozmoqda TASS.
Eʼtiborlisi, shu tariqa Yaponiya hukumatida yolgʻiz odamlarning muammolari uchun masʼul vazir lavozimi birinchi marta tashkil etilmoqda.
“Ushbu tayinlovning maqsadi boshqa vazifalar qatori tugʻilish darajasi past boʻlgan jamiyatda qarish tufayli yuzaga keladigan ijtimoiy muammolarni hal qilish qaratilgan. Bunga, avvalambor, ayollar va yoshlar orasida oʻz joniga qasd qilish muammolari kiradi”, deydi Kato.
Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibining soʻzlariga koʻra, yolgʻiz aholining muammolari mamlakatda pandemiya paytida keskinlashgan.
Xususan, 2020-yil Yaponiyada oʻz joniga qasd qilishlar soni soʻnggi 11 yil ichida birinchi marta koʻpaygan. Yaʼni, bu davrda 20919 kishi oʻz joniga qayd qilgan. Mutaxassislarga koʻra, epidemiya davrida aholi orasida stress darajasi keskin oshgan.
Avvalroq, Yaponiyada yolgʻizlikka qarshi kurash yilning asosiy maqsadi, deya aytilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring