Yaponiyada tibbiy yordam vertolyoti dengizga qulab tushdi, qurbonlar bor

6-aprel, yakshanba kuni Yaponiyaning janubi-gʻarbiy qismida bemorni olib ketayotgan tibbiy vertolyoti dengizga qulab tushdi. Bu haqida “Euronews” nashri maʼlum qildi.
Maʼlum boʻlishicha, Sushima orolidan Fukuoka shahridagi shifoxonaga yoʻl olgan tibbiy vertolyot bortida jami 6 nafar yoʻlovchi boʻlgan. Nomaʼlum sababga koʻra vertolyot dengizga qulab tushgan.
Mazkur hodisadan xabar topgan sohil qoʻriqlash xizmati qutqaruv operatsiyasini boshlab yuborgan. Halokat sodir boʻlgan hududga ikkita qutqaruv samolyoti hamda uchta kema jalb qilingan.
Yaponiya qirgʻoq qoʻriqlash xizmati maʼlumotlariga koʻra, mazkur hodisa oqibatida bortda boʻlgan 6 nafar yoʻlovchidan 3 nafari, 86 yoshli bemor, uning 68 yoshli qarindoshi hamda 34 yoshli shifokor vafot etgan.
Vertolyotda boʻlgan qolgan uch nafar yoʻlovchi esa, suvda puflanadigan maxsus qutqaruv jihozi sabab tirik qolgan.
“Vertolyot uchuvchisi Xirosi Hamada, mexanik Katsuto Yoshitake hamda 28 yoshli hamshira Sakura Kunitake qirgʻoq qoʻriqlash xizmati xodimlari tomonidan qutqarib olindi. Ular tana haroratining keskin tushib ketishidan aziyat chekayotgan edi”, — deydi qutqaruv guruhi xodimi.
Taʼkidlanishicha, hozirda ushbu hodisa sabablari nomaʼlumligicha qolmoqda. Maxsus tashkil etilgan guruhlar tomonidan hodisa sabablari oʻrganilib, qoʻshimcha maʼlumot berilishi aytilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring