Yaponiyada “Arxeologik topilmalarda qazishmadan keyingi ishlar va laboratoriya qurilmalari” seminari boʻlib oʻtdi

14:13 25 Iyul 2023 Dunyo
463 0

Samarqand arxeologiya instituti va Nabunken (Nara milliy madaniy boyliklar ilmiy-tadqiqot instituti) tadqiqotlar markazi hamkorligida Yaponiyada boʻlib oʻtgan “Arxeologik topilmalarda qazishmadan keyingi ishlar va laboratoriya qurilmalari” seminarida SamDU va Milliy arxeologiya markazi masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Seminar doirasida ishtirokchilar Hokkaydo orolining “Hokkaido University Museum”ida boʻlishdi. Muzeyning ilmiy xodimi EDA Masaki janoblari seminar ishtirokchilarini muzey bilan tanishtirdi va zooarxeologiya hamda suyaklarni toʻgʻri tasniflash haqida muhim bilim va tajribalari bilan oʻrtoqlashdi.

Maʼlumot uchun: Hokkaido universitetning tarixi 1876-yildan boshlanib, hozirgi kunda Yaponiyadagi eng obroʻli oliygohlardan biri hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?