Yaponiya U-23 terma jamoasi — chempion
Kecha, 24-yanvar kuni Saudiya Arabistonida tashkil etilayotgan U-23 Osiyo chempionati musobaqasining final uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda Yaponiya U-23 terma jamoasi Xitoy olimpiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuv 4:0 hisobida Yaponiya termasining yirik gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan gollarga Kosey Ogura (2 ta), Yuto Ozeki va Ryunsuke Sato mualliflik qildi.
Shu tariqa, 6 ta oʻyinda 6 ta gʻalabani qoʻlga kiritgan Yaponiya U-23 terma jamoasi oʻz tarixida uchinchi bor musobaqaning bosh sovrinini qoʻlga kiritdi.
Yaponiya terma jamoasi darvozaboni Ruy Araki “musobaqaning eng yaxshi darvozaboni”, Ryunsuke Sato esa “musobaqaning eng yaxshi futbolchisi”, deya eʼtirof etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring