Yaponiya tashqi ishlar vaziri Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetiga tashrif buyurdi

15:46 30 Aprel 2022 Jamiyat
1366 0

Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi”

Joriy yilning 30-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yosimasa Xayasi bilan uchrashdi.

Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi”

S.Safoyev uchrashuvni ochar ekan, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yilda Yaponiyaga amalga oshirgan tarixiy tashrifi Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga, shu jumladan, parlamentlararo aloqalarni rivojlantirishga hamda fan-taʼlim sohasidagi hamkorlikka yangi, kuchli turtki boʻlganini taʼkidladi.

Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi”

Universitet bugungi kunda Yaponiyaning Nagoya universiteti, Nippon akademiyasi, Vaseda universiteti, Sayama universiteti, Xokkaydo universiteti kabi nufuzli taʼlim markazlari bilan hamkorlik qilib kelayotgani alohida taʼkidlandi.

Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi”

Universitetda Yaponiya ilmiy tadqiqotlari tahliliy markazi faoliyat koʻrsatmoqda va shu tariqa talabalar yapon tilini chuqur oʻrganish imkoniyatiga ega. Shuningdek, “Yaponiya bayramlari”, “Yaponiya madaniyati kunlari”, “Yaponiyadagi imperatorlik instituti”, “Yapon xattotligi mahorati”, “Yapon ikebana sanʼati sirlari”, “Yaponiyada aykido sport anʼanalari” kabi anʼanaviy tadbirlar va tanlovlar muntazam oʻtkazib kelinmoqda.

Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi”

Uchrashuvda ishtirok etgan universitet talabalari yapon tilida soʻzga chiqib, yuqori martabali mehmonni qutladilar hamda ikki tomonlama aloqalarning rivojlanishi oʻz samarasini berayotganini, yapon tilini oʻrganish va yapon madaniyati bilan yaqin tanishish uchun keng imkoniyatlar yaratilganini taʼkidlab oʻtdilar.

Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi”

Tadbirda Sodiq Safoyev Universitet Ilmiy kengashining Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yosimasa Xayasiga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining faxriy doktori unvonini berish toʻgʻrisidagi qarorini oʻqib eshittirdi.

Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi”

Universitet professor va oʻqituvchilari, magistrantlari, talabalari ishtirokida Yosimasa Xayasiga ushbu yuksak ilmiy unvonni topshirish tantanali marosimi boʻlib oʻtdi.

Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi”

Yosimasa Xayasi oʻz soʻzida unga JIDU faxriy doktori unvoni berilgani uchun universitet jamoasiga minnatdorlik bildirdi hamda kelgusida Yaponiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi fan va taʼlim sohasidagi hamkorlikni faollashtirish uchun barcha saʼy-harakatlarini amalga oshirishga tayyorligini bildirdi. Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yo.Xayasi JIDU Faxriy mehmonlari kitobiga dastxat qoldirdi.

Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi”

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar birgalikda fotosuratga tushdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?