Yaponiya bosh vaziri isteʼfo bermoqchi
Foto: Reuters
Yaponiya bosh vaziri Sigeru Isiba mamlakatdagi parlament saylovlarida partiyasi magʻlubiyatga uchraganidan keyin isteʼfo berish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda BBC agentligi NHKga tayanib xabar berdi.
OAV maʼlumoticha, Isibaning bu qadami hokimiyatdagi Liberal-demokratik partiya (LDP) ichidagi ixtiloflarni oldini olishga qaratilgan. Reuters manbasi ham bu maʼlumotni tasdiqlagan.
Iyul oyida oʻtkazilgan yuqori palata saylovlarida Isiba boshchiligidagi koalitsiya koʻpchilik ovozini yoʻqotdi. Asahi Shimbun yozishicha, Yaponiyada koʻplab siyosatchilar uni isteʼfoga chaqirgan.
Shu bilan birga, Reuters muxbiri bilan suhbatda bosh vazir devoni vakili maʼlumotni toʻliq tasdiqlamadi. Biroq hukumatda Isiba mahalliy vaqt bilan 18:00 da matbuot anjumani oʻtkazishi aytilgan.
Sigeru Isiba 2024-yil oxirida, Fumio Kisida isteʼfosidan keyin oʻtkazilgan partiya ichki saylovida gʻolib chiqib, hukumat rahbari lavozimini egallagandi. U oʻzini partiya ichidagi “islohotchi” sifatida koʻrsatgan va LDP rahbariyatini yangilashga vaʼda bergan edi.
Maʼlumot uchun, iyul oyida yuqori palatadagi 248 oʻrinning yarmi saylovga qoʻyilgan boʻlib, Isiba koalitsiyasi faqat 47 mandatga ega boʻldi. Bu esa koʻpchilik ovozidan mahrum boʻlishini anglatadi.
LDP 1955-yildan buyon deyarli uzluksiz ravishda hokimiyatni qoʻlda ushlab kelmoqda, ammo partiya rahbarlari tez-tez almashib turadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring