Yanvar oyining ilk haftasida qanday ob-havo boʻlishi aytildi
Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”
“Oʻzgidromet” 31-dekabrdan 7-yanvargacha kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Havo oʻzgaruvchan boʻladi, 31-dekabrda kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi, 1-7-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2-yanvarda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 31-dekabr-2-yanvarda 2° sovuq-3° iliq, 3-yanvarda 2-7° sovuq, 4-7-yanvarda 3-8° sovuq, kunduzi 31-dekabrda 0-5° iliq, 1-2-yanvarda 3-8° iliq, 3-4-yanvarda 2° sovuq-3° iliq, 5-7-yanvarda 0-5° iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo oʻzgaruvchan boʻladi, 31-dekabrda kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi, 1-2-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. 3-yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir yogʻadi, qorga aylanishi mumkin) boʻladi. 4-7-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2-yanvarda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31-dekabr kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 1-yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq, 2-yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 3-yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 4-6-yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq, 7-yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq boʻladi. Navoiy viloyati shimolida kechasi 31-dekabr-2-yanvarda 2° sovuq-3° iliq, 3-yanvarda 2-7° sovuq, 4-7-yanvarda 3-8° sovuq, kunduzi 31-dekabrda 0-5° iliq, 1-2-yanvarda 3-8° iliq, 3-4-yanvarda 2° sovuq-3° iliq, 5-7-yanvarda 0-5° iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari
Havo oʻzgaruvchan boʻladi, 31-dekabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 1-2-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. 3-yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir yogʻadi, qorga aylanishi mumkin) boʻladi, 4-7-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 31-dekabrda kechasi va kunduzi 5-10° iliq; 1-yanvarda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 2-yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 8-13° iliq, 3-yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 4-7-yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi.
Qashqadaryo viloyati
Havo oʻzgaruvchan boʻladi, 31-dekabr va 3-yanvarda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 1-2-yanvar va 4-7-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31-dekabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31-dekabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 7-12° iliq, 1-yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq, 2-yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 3-yanvarda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq, 4-7-yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 4-5-yanvarda 5-10° iliq, 6-7-yanvarda 8-13° iliq boʻladi.
Surxondaryo viloyati
Havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, faqat 2-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31-dekabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31-dekabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 7-12° iliq, 1-yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq, 2-yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 3-yanvarda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq, 4-7-yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 4-5-yanvarda 5-10° iliq, 6-7-yanvarda 8-13° iliq boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari
Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 1 va 3-yanvarda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 31-dekabrda kechasi 2-7° iliq. kunduzi 5-10° iliq; 1-yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 2-yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 3-yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 4-yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 5-7-yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlari
Havo oʻzgaruvchan boʻladi, 31-dekabr-3-yanvarda vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, ayrim joylarda kuchli boʻlishi mumkin, 4-7-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 31-dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq, 1-2-yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 3-yanvarda kechasi va kunduzi 2° sovuq-3° iliq, 4-7-yanvarda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring