Yanvardan tibbiyotda xalqning bahosini eshitadigan tizim joriy qilinadi
«Bugun odamlarning hayotga munosabati ham, talab va ehtiyojlari, dunyoqarashi ham tubdan oʻzgardi. Bu boshqa sohalar qatori tibbiyotda ham sifatni oshirish, zamonaviy yondashuvlarni olib kirish boʻyicha oldimizga yangi vazifalarni qoʻymoqda.
Shu bois, noyabr dekabr oyida qattiq tayyorgarlik koʻrib, yanvardan tibbiyotda xalqning bahosini eshitadigan tizimni joriy qilamiz», – dedi davlat rahbari.
Endilikda 26 ta markaz direktorlari, viloyat, tuman sogʻliqni saqlash rahbarlari, oilaviy poliklinika mudirlari bir oylik aniq reja asosida ishlashga oʻtadi.
Ushbu rahbarlar televideniye va ijtimoiy tarmoqlarda chiqib, zimmasiga olgan vazifalarni, qaysi kasalliklar koʻp uchrayotgani va ularni qanday kamaytirishni aholiga eʼlon qilib boradi. Shuningdek, odamlarga murojaat qilib, sogʻligʻiga eʼtibor qilish, tibbiy koʻrikdan vaqtida oʻtish, toʻgʻri ovqatlanish va jismoniy faollikni tushuntiradi.
Markaz rahbarlari oʻz sohasida eng ogʻir tuman va mahallaga boradi. Bir oy qolib, kasalliklarning sabablarini oʻrganib, ularga yechim beradi, oilaviy poliklinika va tuman shifoxonalarining vrachlarini kasallikni davolashga oʻrgatadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring