Yanvar oyida qancha benzin ishlab chiqarildi?

11:30 05 Mart 2026 Iqtisodiyot
202 0

2026-yilning yanvar oyida Oʻzbekistonda 110,6 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarildi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.

Unga koʻra, shu yilning ilk oyida 0,4 million tonna koʻmir qazib olingan boʻlsa, 81 ming tonna dizel yoqilgʻisi ishlab chiqarilgan. Shuningdek, neft ishlab chiqarish hajmi 54,1 ming tonnani tashkil etgan.

Energetika sohasida ham sezilarli koʻrsatkichlar qayd etilgan boʻlib, tabiiy gaz ishlab chiqarish hajmi 3,7 milliard kub metrga, gaz kondensati esa 83,4 ming tonna miqdorida ishlab chiqarilgan. Sanoat mahsulotlari orasida avtomobil dvigatellari ishlab chiqarish hajmi ham 10,2 ming donani tashkil qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер