Yanvar oyida 85 mlrd soʻmlik tabiiy gaz noqonuniy ishlatilgani maʼlum boʻldi

16:50 07 Fevral 2023 Iqtisodiyot
824 0

Foto: Arxiv surat

Oʻzbekiston Energetika vazirligining maʼlum qilishicha, 2023-yilning yanvar oyi davomida Ishchi guruhlar tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida 614 ta holatda ulgurji isteʼmolchilar tomonidan 85 mln kub metr (85 mlrd soʻm) hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Noqonuniy foydalanish holatlari isteʼmolchilar toifasi boʻyicha — AGTKSHlarda 20 ta holatda (76,8 mlrd soʻm), issiqxonalarda 30 ta (1,2 mlrd soʻm), ishlab chiqarish korxonalarida 39 ta (1,9 mlrd soʻm), umumiy ovqatlanish shoxobchalarida 164 ta (0,7 mlrd soʻm) holatda qayd etildi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlariga yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер