Yangiqoʻrgʻon tumanida fuqarolarning oʻqishini koʻchirib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiqoʻrgʻon tuman boʻlimi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro A.A. firibgarlik yoʻli bilan oʻzganing mulkini qoʻlga kiritish maqsadida, goʻyoki oʻzining yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali haq evaziga fuqarolarning Qirgʻiziston Respublikasidagi oliy taʼlim muassasalaridagi oʻqishini Namangan davlat universitetiga koʻchirib berishni vaʼda qilib, 5 nafar fuqaroning 11 300 AQSH dollarini qoʻlga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring