Yangilangan maktablar foydalanishga topshirildi
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Pastdargʻom tumanidagi beshta umumtaʼlim maktab oʻquvchilari yangi binoda oʻqishni boshladi. Investitsiya dasturi asosida tumandagi bir qator taʼlim muassasalari yangidan qurildi.
“Qoʻshchinor” mahallasidagi 774 oʻrinli 50-umumtaʼlim maktabini taʼmirlash uchun qariyb 8 milliard soʻm mablagʻ ajratildi. Maktab binosining ochilish marosimida sektor rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.
— Oʻquvchilik davrimizda bunday barcha shart-sharoitlarga ega, sinfxonalari yorugʻ, kutubxonasi adabiyotlarga boy maktab boʻlmagan, — deydi mehnat faxriysi Mehli Boyqoʻziyev. — Bugun yangi maktabda yaratilgan sharoitlarni koʻrib, yoshlarga havasim keldi. Endi nabiralarimning sifatli taʼlim olishidan koʻnglim toʻldi.
Furqat mahallasidagi 19-maktab binosi oʻtgan asrning 70-yillarida hashar yoʻli bilan qurilgan. U deyarli oʻzining xizmatini oʻtab, binosi yaroqsiz holatga kelib qolgandi. Uning oʻrniga investitsiya dasturi doirasida 3 milliard 400 million soʻm mablagʻ evaziga 420 oʻquvchi oʻrniga moʻljallangan yangi maktab binosi barpo etildi.
Tumanning Oʻrta Charxin mahallasidagi 46-umumiy oʻrta taʼlim maktabida ham investitsiya dasturi asosida bunyodkorlik ishlari olib borildi. Maktabning 450 oʻrinli binosi mukammal taʼmirlanib, zamonaviy holatga keltirildi. Loyiha qiymati 4 milliard 609 million soʻm boʻlgan mazkur obyektda qurilish ishlari “Oʻtkir Sarbon Servis” xususiy korxonasi tomonidan amalga oshirildi.
Zormon mahallasidagi 85-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 1989-yilda qurilgan. 320 oʻringa moʻljallangan ushbu maktab binosi ham anchagina taʼmirtalab ahvolda edi. Shu bois 3 milliard soʻmdan ortiq investitsiya mablagʻlari hisobidan mazkur taʼlim dargohi ham zamonaviy holatga keltirildi.
Kichik Nayman mahallasidagi 16-umumtaʼlim maktabining binosidagi sinfxonalarini taʼmirlashda dizayn, materiallar sifati, mebel tanlashga alohida eʼtibor qaratildi.
— Pastdargʻom tumanida oʻtgan yilda 13 ta umumtaʼlim maktabi va bitta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida qurish, mukammal taʼmirlash ishlari olib borildi, — deydi Pastdargʻom tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Muzaffara Abdiyeva. — Endi taʼlim sohasi xodimlaridan faqat bolalarga sifatli taʼlim berish talab etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring