Yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati keng tushuntirildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri N. Ismoilov boshchiligida bir guruh parlament deputatlari Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi. Safardan maqsad davlat va jamiyat taraqqiyotidagi eng muhim qonunlarning huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish, parlamentning fuqarolar bilan yaratilgan yaqin oʻzaro munosabat mexanizmlarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirishdan iboratdir.
Tashrif doirasida fuqarolar, mehnat jamoalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faollari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan uchrashuv va tadbirlar oʻtkazildi.
Tashrif obyektlari orasida: Kogon shahridagi 9-maktab, “Istiqlol” va “M. Burxonov” mahallalari, shuningdek, Buxoro davlat universiteti va boshqalar.
Oʻtkazilgan barcha uchrashuvlar ochiqlik, fuqarolarning faol ishtiroki bilan ajralib turdi, muloqotlarda 30-aprel kuni mamlakatimizning yangilanayotgan Konstitutsiyasini qabul qilish boʻyicha umumxalq referendumini oʻtkazish masalalari asosiy muhokama mavzusi boʻldi.
Parlament deputatlari tadbirlar davomida koʻtarilgan savollarga toʻliq javob berdilar, yangi tahrirdagi Konstitutsiya Oʻzbekistonning barqaror rivojlanishini taʼminlashda, fuqarolar huquqlari kafolatlarining mustahkam huquqiy asoslarini shakllantirishda muhim ahamiyatga egaligini taʼkidladilar.
Barcha maʼruzachilar referendumga taqdim etilgan yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasini qabul qilish tarafdori boʻlib, ushbu pozitsiyani qoʻllab-quvvatlash boʻyicha oʻz fikrlarini bildirdilar.
Xusuan, 9-umumiy oʻrta taʼlim maktabi tarix fani oʻqituvchisi Umidjon Kurbonov taʼkidlashicha, maktabga 18 yoshga toʻlgan va referendumda ilk martda ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan koʻplab bitiruvchilar kelib, yuksak mamnuniyat bilan referendumda ishtirok etishlarini, Yangi Oʻzbekiston tanlagan yoʻlni qoʻllab-quvvatlashlarini aytishgan.
Moyra TOSHEVA, “Shayxulolam” MFY raisi:
— Konstitutsiyaviy islohot fuqarolar bilan yaqin aloqada olib borilayotgani bizga maʼqul kelyapti, bu – chinakam xalq Konstitutsiyasi. Uni tayyorlashning har bir bosqichi xalq bilan birgalikda amalga oshirildi. Biz parlament deputatlarining yangilanayotgan Konstitutsiya matniga kiritish boʻyicha takliflar toʻplagan bosqichda faol ishtirok etdik va albatta uni referendumda qabul qilish bosqichida xam faol ishtirok etamiz.
— Men 40 yildan ziyod qishloq xoʻjaligi sohasida ishlayman. Sizga shuni aytmoqchimanki, bu Konstitutsiyani nafaqat odamlar intiqlik bilan kutmoqda, balki muqaddas zaminimizning oʻzi ham kutmoqda! Yangi tahrirdagi Konstitutsiya qabul qilinishi bilan yangi dehqonchilik sharoitlari paydo boʻladi, yer egalari va u yerda ishlaydiganlarning huquqlari ishonchli himoya qilinadi, — deydi “Ibrohim Toʻxli” fermer xoʻjaligi rahbari Ibrohim Toʻxliyev.
Parlament delegatsiyasining viloyatlardagi tashrifi davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring