Yangilanayotgan Konstitutsiya fuqarolarning farovon yashashiga xizmat qiladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi rahbariyati va bir guruh deputatlar Toshkent shahrida mahalla faollari, ishlab chiqarish korxonasi mehnat jamoasi, jamoatchilik vakillari bilan uchrashib, “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining mohiyati, unga kiritilayotgan yangi normalarning ahamiyati haqida maʼlumotlar berdilar.
Shuningdek, demokratiyaning eng muhim shartlaridan biri hisoblangan, davlat va jamiyat ahamiyatiga molik masalalarni hal qilishda xalqning bevosita ishtirokini ifodalaydigan referendumning ahamiyati haqida fikrlar bildirildi.
Uchrashuv va muloqotlarda aholi yangilanayotgan Konstitutsiya fuqarolarning farovon yashashiga, davlatning barqaror rivojlanishiga xizmat qilishi, xalqimizning xohish-irodasi, bergan takliflari aks etgani, islohotlarning tub mohiyati, mazmuni singdirilganini taʼkidladilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring