Yangiyoʻl shahar hokimi lavozimidan ozod etildi
Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Bugun, 15-noyabr kuni Sultanov Dilshod Shuxratovich Yangiyoʻl shahar hokimi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, ayni vaqtda Xalq deputatlari Yangiyoʻl shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda. Unda hududdan saylangan deputatlar, shahar huquq-tartibot organlari, hududdagi korxona va tashkilot rahbarlari, faollar qatnashmoqda.
Sessiya ishida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan tanqidiy-tahliliy nutq soʻzlagan.
Xususan, viloyat hokimining Sultanov Dilshod Shuxratovichni shahar hokimi lavozimidan ozod etish toʻgʻrisidagi qarori tasdiqlangan.
Shundan soʻng Raimov Ravshan Isakdjanovich Yangiyoʻl shahri hokimi etib tayinlandi.
Ravshan Raimov 1976-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. Mutaxassisligi-iqtisodchi.
U faoliyati davomida Davlat soliq tizimida bir qator rahbarlik lavozimlarda, shuningdek, 2020-2023-yillarda Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlagan.
Tayinlovga qadar, Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring