Yangiyerda yuqori texnologiyali laparoskopik amaliyotlar muvaffaqiyatli oʻtkazilmoqda
Yangiyer shahar tibbiyot birlashmasida oʻt-tosh kasalligi (oʻtkir toshli xoletsistit) boʻyicha yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari amalga oshirildi.
Shifokorlar tomonidan laparoskopik xoletsistektomiya — yaʼni oʻt pufagini kesmasdan, kichik teshiklar orqali olib tashlash usuli qoʻllanildi. Ushbu amaliyot reabilitatsiya jarayonining tezroq kechishi, bemorlarning qisqa fursatda tiklanish imkoniyati hamda amaliyotning deyarli ogʻriqsiz oʻtishi bilan ahamiyatli.
Hozirgacha 4 nafar bemorda ana shu usuldagi amaliyot muvaffaqiyatli bajarildi.
Bugungi kunda Sirdaryo viloyatining boshqa tuman va shaharlarida ham bir qator kasalliklar boʻyicha yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari oʻtkazilmoqda. Eʼtiborlisi, bunday muolajalar turi yil sayin ortib bormoqda. Yaʼni eng zamonaviy tibbiyot innovatsiyalari chekka hududlarga ham muvaffaqiyatli tatbiq etilmoqda.
Ahmadali ShERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring