Yangiyerda 5 ta mahalla fuqarolar yigʻinining yangi binolari foydalanishga topshirildi

Ahmadali ShERNAZAROV/“Xalq soʻzi”. Maʼrifat mahallasi binosi “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida yangidan qurilgan boʻlsa, Fazilat, Shukrona, “Zahiriddin Bobur” va “Abdurahmon Jomiy” mahallalarining binolari tubdan rekonstruksiya qilindi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirlarda sektor rahbarlari, nuroniylar, mahalla faollari ishtirok etdi. Ushbu maskanlarda xodimlar va mazkur idoraga keladiganlar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.
Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Maxmudaliyev binolarning tantanali ochilish tadbirlarida “mahalla yettiligi” va shahar mutasaddilari bilan muloqot qildi. Unda aholining yashash sharoitini yanada yaxshilash, kambagʻallikni qisqartirish, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar, muammo va kamchiliklar haqida soʻz bordi.
Masʼullarning qayd etishicha, yil yakunigacha Yangiobod mahallasi uchun yangi bino qurib bitkaziladi, “Temur Malik” mahallasining binosi esa taʼmirlanib, butunlay yangi qiyofaga kiradi. Natijada shahardagi barcha mahallalar oʻzining zamonaviy binolariga zga boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring