Yangiariq tumanida kulolchilik markazi ish boshladi
Xorazm viloyatining Yangiariq tumanidagi Kattabogʻ qishlogʻi usta kulollari bilan mashhur. Mahalliy ustalar yasagan kulolchilik mahsulotlari xalqaro koʻrgazmalarda munosib eʼtirof etib kelinmoqda. Xalq hunarmandchiligining asrlar osha sayqal topib kelayotgan ushbu turini yana-da rivojlantirish maqsadida qishloqda kulolchilik markazi barpo etildi.
Qadimiy Xorazm meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan markaz qurilishi uchun 1,5 milliard soʻm mablagʻ sarflandi. Markazda kulolchilik ustaxonalaridan tashqari sayyohlarga xizmat koʻrsatish uchun 7 oʻrinli mehmonxona, hunarmandchilik mahsulotlarini sotish uchun maxsus koʻrgazmali savdo boʻlimi tashkil qilingan. Muhimi, bu yerda usta-shogird anʼanalari asosida 100 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.
“Hunarmand” uyushmasi aʼzolari, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida markazning ochilish marosimi oʻtkazildi. Tadbir davomida «Xalq amaliy sanʼati ustalarining milliy katalogi»ga kiritilgan xorazmlik hunarmandlarga guvohnomalar topshirildi.
Odilbek Odamboyev,
(“Xalq soʻzi”)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring