Yangi yadroviy raketa muvaffaqiyatli sinovdan oʻtdi — Vladimir Putin

16:35 26 Oktyabr 2025 Dunyo
480 0

Rossiya rahbari “Burevestnik” yadroviy kruiz raketasini sinovdan oʻtganini maʼlum qildi. Bu haqida “Bild” nashri xabar berdi.

Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi boshligʻi Valeriy Gerasimovning soʻzlariga koʻra, raketa 14 ming kilometr masofani uchib oʻtgan hamda sinov yakunlanishidan oldin 15 soat davomida havoda qolgan. Shuningdek u, sinov jarayonlarida mazkur raketaning imkoniyatlari toʻliq namoyish qilinmaganini qoʻshimcha qilgan.

Rossiya rahbari Vladimir Putin ushbu raketaning sinovi muvaffaqiyatli yakunlangani haqidagi hisobotni qabul qilgan hamda “Burevestnik”ni “noyob mahsulot” deb atagan.

Maʼlumot uchun, “SSC-X-9 Skyfall” nomi bilan tanilgan mazkur raketa yadroviy energiyaga ega boʻlib, bu unga uzoq masofaga uchish imkoniyatini beradi hamda uning trayektoriyasini ushlash uchun oldindan aytib boʻlmaydigan sharoit yaratadi.

Baʼzi tahlilchilarning fikricha, raketa sinovi AQSHning Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalari bilan bir vaqtga toʻgʻri kelgan. Bu esa Kremldan Vashingtonga Moskva bosim ostida chekinmoqchi emasligi haqida namoyishkorona signal sifatida qaralishi mumkin.

Putin shuningdek, sinov bosqichi tugaganini va Rossiya yangi qurollarni joylashtirishga tayyorgarlik koʻrishni boshlaganini taʼkidlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?