Yangi Toshkent hududiga oʻtayotgan mahallalar soni maʼlum qilindi
Toshkent viloyatidan umumiy hisobda jami 37 ta mahalla Yangi Toshkent hududiga oʻtadi. Bu haqda Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Yuqori Chirchiq tumanidan toʻliq 20 ta, qisman 11 ta; Oʻrta Chirchiq tumanidan esa toʻliq 3 ta va qisman 3 ta, jami 37 ta mahalla Yangi Toshkent hududiga oʻtadi.
Viloyat kadastr boshqarmasi mazkur mahallalar nomi toʻgʻrisida keyinroq maʼlumot berilishini bildirgan.
Shuningdek, Toshkent viloyatidan Yangi Toshkent hududiga oʻtayotgan umumiy obyektlar soni jami 19 723 ta ekani, shundan, turar joylar — 18 773 ta, noturar joylar — 891 ta, koʻp qavatli uylar — 52 ta ekani qayd etilgan.
Tumanlar kesimida koʻrsatkichlar quyidagicha:
Yuqori Chirchiq tumanidan jami 16 556 ta obyekt:
- Turar joylar — 15 688 ta;
- Noturar joylar — 831 ta;
- Koʻp qavatli uylar — 30 ta.
Oʻrta Chirchiq tumanidan jami 3 167 ta obyekt:
- Turar joylar — 3 085 ta;
- Noturar joylar — 60 ta;
- Koʻp qavatli uylar — 22 ta.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring