Yangi tashkil etilgan Kichik biznes uyushmasiga rahbar tayinlandi
Foto: Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 19-mart kuni boʻlib oʻtgan kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatlagani haqida xabar bergan edik.
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasiga koʻra, mazkur yigʻilishda davlat rahbari Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish hamda unga Mirzaliyeva Kamolat Kukanbayevna rahbar etib tayinlanishi boʻyicha tadbirkorlar tomonidan ilgari surilgan tashabbusni maʼqullagan.
Maʼlumot uchun, Kamolat Mirzaliyeva 1979-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy — Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan.
Mirzaliyeva korporativ boshqaruv boʻyicha katta tajribaga ega, hozirgi kunda u “AARON ACADEMY KIDS” ixtisoslashtirilgan maktabi, shuningdek “CHILLA UYI” tiklanish va reabilitatsiya markazi rahbari hamda taʼsischisi hisoblanadi. U 2018-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Oʻzbekistonga nechta davlatdan turistlar kelayotgani ochiqlandi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring