Yangi professional taʼlim tizimi oldingi oʻrta-maxsus kasb-hunar taʼlim tizimidan nimasi bilan farq qiladi?

Ushbu savolga AOKA press-xolida tashkil etilgan matbuot anjumanidan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari Murodilla Xolmuhamedov quyidagicha javob berdi:
— Birinchi, asosiy farqi: oldin bir qolipda ishlaydigan kasblarning murakkabligi, u yerda shakllanadigan amaliy koʻnikmalar hajmi, masʼuliyati bilan bogʻliq boʻlmagan holda, 3 yillik standartda ishlaydigan oʻrta-maxsus kasb-hunar taʼlim diplomi beradigan kasb-hunar kollejlari mavjud edi.
Yangi tizim 3 toifaga boʻlindi.
Birinchi toifa — yangi muassasalar tarmogʻi boʻldi. Bu muassasalar kasb-hunar maktablari deb ataladi. Bu maktabning yuqori sinfida birlamchi kasbiy tayyorgarlikdan oʻtadigan, boshlangʻich professional taʼlim dasturlari asosida faoliyat koʻrsatadigan kasb-hunar maktablaridir. Ularning soni 339 ta etib belgilandi.
Bu yil ularga birinchi marta qabul amalga oshirildi. Hozir kasb-hunar maktablarida oʻquv-jarayoni davom etmoqda.
Ikkinchi toifa taʼlim muassasalari — idoraviy kollejlar.
Maʼlumki, iqtisodiyotning real sohalariga juda katta miqdorda investitsiya kiritildi. Bu investitsiyalar boʻyicha hududlarda joriy etilayotgan loyihalarning hammasi yangi, innovatsion texnologiyalarga asoslangan.
Ochilayotgan yangi ish oʻrinlari ham — ana shu yangi texnologik jarayonlarga moʻljallangan ish oʻrinlari.
Vazirlik, idora va yirik ish beruvchilarga taqsimlab berildiki, oʻzlarining loyihalarini hayotga tatbiq qilish, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish koʻlamini kengaytirishda mazkur kollejlar orqali yangi yaratilgan ish oʻrinlariga maqsadli ravishda mutaxassis tayyorlaydi.
Uchinchi toifa taʼlim muassasalari — texnikumlar tarmogʻi.
Bu Sobiq Ittifoq davridagi texnikumlardan taʼlim dasturlarining maqsadi, vazifasi, ushbu dastur asosida shakllanadigan bilim, malaka, koʻnikma, kompetensiyalarning murakkablik darajasi, hajmi bilan tubdan farq qiladi.
Oliy taʼlim dasturlari bilan uygʻunlashtirilgan holda, bakalavrning toʻrtdan bir qismida shakllanadigan bilim, malaka, koʻnikmalari texnikumlarning oʻquv reja va oʻquv dasturiga singdirildi.
Texnikumni yaxshi oʻzlashtirgan oʻquvchilarga taʼlim maskanini bitirganidan keyin imtihonsiz bakalavriatning 2-kursidan oʻqishni davom ettirish imkoniyati berildi. Bunday imtiyoz oldingi texnikumlarda boʻlmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring