Yangi Oʻzbekiston — yangilanayotgan Konstitutsiya
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudida “Konstitutsiyaviy islohotning mohiyati va ahamiyati: Yangi Oʻzbekiston — yangilanayotgan Konstitutsiya” mavzuidagi xalqaro anjuman doirasida tadbir tashkil etildi.
Yigirmadan ortiq davlatlar ekspertlari, parlament aʼzolari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan ushbu tadbirda konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida Konstitutsiyaviy sudning oʻrni va ahamiyati eʼtirof etildi.
Konstitutsiyaviy sud raisi Mirzo-Ulugʻbek Abdusalomov amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarda Konstitutsiyaviy sudning rolini alohida taʼkidlab, demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirishda konstitutsiyaviy jarayonning ahamiyati haqida toʻxtalib oʻtdi. Ayniqsa, Oʻzbekiston tarixidagi yangi, birinchi tajriba — yangilanayotgan Konstitutsiyani xalq oʻz irodasini bildirishi uchun umumxalq referendumi oʻtkazilayotgani taʼkidlandi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga Konstitutsiyaviy sudning asosiy faoliyati haqida batafsil maʼlumot berildi.
Taʼkidlanganidek, yangilanayotgan Konstitutsiyada sudyalarning vakolat muddatiga doir norma oʻzgarishi kutilmoqda, yaʼni Konstitutsiyaviy sud sudyasi bir marotaba 10 yilga saylanishi belgilangan.
Davra suhbati ishtirokchilari oʻzaro muloqot doirasida konstitutsiyaviy islohotlarga taalluqli bir qator mavzular yuzasidan fikrlar bildirdi.
Xususan, Turkiyaning Yildirim Bayazit universiteti huquq fakulteti dotsenti Samet Tatar soʻz olib, Konstitutsiya, eng avvalo, adolat va ochiqlik, oʻzaro bogʻliqlik hamda bir-birini toʻldiruvchi, qonun ustuvorligini taʼminlovchi ekanligini taʼkidladi. Oʻzbekiston Konstitutsiyasida qonun ustuvorligi prinsipining belgilab qoʻyilgani muhim qadam ekanligini aytib oʻtdi.
Tadbir savol-javoblar, bahs va munozaralarga boy boʻldi. Yakunda xorijiy ekspertlar Oʻzbekiston xalqining referendumda faol ishtirok etishiga va uni qoʻllab-quvvatlashiga ishonch bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring