Yangi Oʻzbekiston: taʼlim sohasidagi hamkorlik samaralari

Keyingi yillarda mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu nafaqat ichki siyosat, balki tashqi aloqalar, xalqaro munosabatlarda ham yaqqol namoyon boʻlmoqda. Ushbu yoʻnalishda, ayniqsa, Oʻzbekistonning xalqaro nufuzini mustahkamlash, yurtimizning dunyo hamjamiyatiga samarali integratsiyasini taʼminlash, ikki va koʻp tomonlama aloqalarni yangi bosqichga koʻtarish maqsadlari ustuvorlik kasb etmoqda.
Bu jihatdan, Oʻzbekistonning tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yoʻnalishlari barqaror, adolatli va demokratik davlat qurishga, mamlakatning tashqi oshkoraligini ilgari surishga hamda regional va koʻp tomonlama oʻzaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgani xalqaro miqyosda alohida eʼtirofga sazovor boʻlmoqda.
Bugungi kunda mamlakat hozirgi tashqi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari “Yangi Oʻzbekiston – 2030 strategiyasi”da koʻrsatilgan vazifalar doirasida boʻlib, xalqaro maydonda aloqalarni yanada kengaytirishga doir yangi yondashuvlarni ishlab chiqish boʻyicha amaliy qadamlarda oʻz aksini topmoqda.
Shu munosabat bilan dunyo mamlakatlari bilan koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir bir qator tegishli dasturiy hujjatlar ishlab chiqilgan va qabul qilingan, “yoʻl xaritalari” tasdiqlangan.
Oliy va yuqori darajalardagi tashriflar davomida mamlakatning milliy manfaatlariga javob beradigan hamda yaqin va uzoq xorijiy davlatlar bilan aloqalarni kengaytirishga qaratilgan faol, ochiq, pragmatik va chuqur oʻylangan tashqi siyosiy yoʻnalishni rivojlantirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xalqaro maydondagi hamkorlik ilgʻor dunyo tajribasini oʻrganish, xorijiy mamlakatlar bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyish orqali Oʻzbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha vazifalarni hal qilishga yordam bermoqda, bu mamlakatda maksimal qulay amaliy va investitsion muhitni shakllantirishga oʻz hissasini qoʻshmoqda.
Bu borada Oʻzbekistonning tashqi siyosiy strategiyasi xorijiy mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, investitsiyalarni, ilgʻor texnologiyalarni ishlab chiqarishga jalb etish, mahalliy eksport geografiyasini kengaytirish sohasida yangi qirralarni ochmoqda.
Buning uchun, eng avvalo, ilgʻor xorijiy tajribadan, zamonaviy innovatsion, pedagogik texnologiyalar va ilmiy loyihalardan foydalanish, mamlakatning taʼlim va ilmiy-tadqiqotchilik muassasalari faoliyatini samarali oʻzaro muvofiqlashtirish asosida yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan, tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida mutaxassislarni tarbiyalab voyaga yetkazish talab qilinadi.
Oʻzbekistonning tashqi siyosat sohasidagi muhim ustuvor yoʻnalishi dunyoning yetakchi davlatlari va xalqaro tashkilotlari, xususan bilan strategik sheriklik hamda hamkorlikning muvozanatlangan tizimini shakllantirishdan iborat.
Prezidentimiz tomonidan xorijiy tajribadan foydalanilgan holda ilm-fanni rivojlantirishga hamda xorijiy universitetlar va ilmiy markazlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga ham katta eʼtibor qaratilgan.
Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonning ochiq va pragmatik tashqi siyosatni faollashtirishi natijasida xorijiy mamlakatlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha ulkan natijalarga erishildi.
Xorijiy sheriklar bilan munosabatlarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlardan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Yevropa ittifoqi va uning yetakchi aʼzo davlatlari bilan hamkorlikni chuqurlashtirish hamda kengaytirish jarayonini davom ettirishdan manfaatdor. Ular orasida Fransiya Respublikasi eng yaqin va ishonchli hamkorlardan hisoblanadi.
Taʼkidlash joizki, 2016-yildan keyin oʻzaro munosabatlar yangi bosqichga koʻtarildi. Jumladan, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga 2018-yil 8-9-oktyabr kunlari amalga oshirgan rasmiy tashrifi aloqalarning yangi davrini boshlab berdi. Parijda oʻtgan oliy darajadagi muzokaralar chogʻida hukumatlararo va idoralararo 10 ta hujjat imzolandi.
Yuqoridagi hujjatlar qatorida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti”da YUNESKO kafedrasi tashkil etildi. Ushbu kafedrada mintaqada suv tanqisligini yumshatish, ekologik barqarorlikni taʼminlash va iqlim oʻzgarishi natijasida qishloq xoʻjaligi ekinlariga taʼsirini baholash kabi fundamental tadqiqotlari olib borilmoqda.
Xullas, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning Oʻzbekistonga tashriflari muhim ahamiyatga egaligi shubhasiz. Amalga oshirilgan rasmiy tashriflar koʻp tomonlama oʻzbek — fransuz munosabatlariga yangicha ruh berish yoʻlida keyingi yillarda yanada faollashgan harakatlarning mantiqiy davomi boʻldi va bu borada yangi bosqichni ochdi.
Oʻzbekiston va Fransiya hamkorligi kun tartibida oʻzbek — fransuz siyosiy muloqotini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish masalalari doimiy oʻrin oldi. Ikki davlatning dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolarni hal qilishga doir yondashuvlari yaqin yoki mos ekani eʼtirof etilib, mintaqaviy hamda xalqaro hamkorlik, xavf-xatarlarga qarshi birgalikda kurashishning yangi shakllarini rivojlantirish muhimligiga eʼtibor qaratilmoqda.
Hech mubolagʻasiz aytish mumkinki, bir tomondan, Oʻzbekistonda hayotning barcha jabhasini erkinlashtirish va modernizatsiya qilish boʻyicha roʻyobga chiqarilayotgan koʻp qirrali islohotlar, boshqa tarafdan — rasmiy Toshkentning mamlakat atrofida xavfsizlik va barqarorlik belbogʻini yaratish yoʻlidagi faol harakatlari hamda bular Parijning Markaziy Osiyodagi siyosatiga hamohang ekanligi mazkur jarayonlarga oʻzgacha surʼat baxsh etmoqda. Mintaqaga nisbatan Fransiya pozitsiyasi Markaziy Osiyodagi barcha davlatlar suvereniteti, xavfsizligi va farovonligini yoqlashi bilan hamisha ajralib turgan.
Keyingi yillardagi oʻzbek — fransuz munosabatlarida madaniy-gumanitar hamkorlik alohida oʻrin tutadi. Xususan, taʼlim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini xalqarolashgan tamoyili asosida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti va Fransiyaning SUEZ xalqaro kompaniyasi kelishuv bitimini imzoladi.
Mazkur bitimga asosan, ikki mamlakatning taʼlim salohiyatni rivojlantirish, teng manfaatli ilmiy tadqiqotlarda hamkorlik qilish, ichimlik suvi taʼminotini modernizatsiya qilish, ilmiy-innovatsion laboratoriya tashkil etish; aqlli sugʻorish va suvni tejovchi texnologiyalarini ishlab chiqish; barqaror shahar va qishloq suv boshqaruvi boʻyicha texnologiya transferi; Oʻzbekistonlik mutaxassislar va tadqiqotchilar uchun ishlab chiqarish taʼlimi va stajirovkalari amalga oshiriladi.
Umuman olganda, Fransiya tajribasi va salohiyatini oʻrganish mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy yoʻnalishda ustuvor loyihalarni amalga oshirish, taʼlim tizimi sifatini yuqori bosqichga chiqarish, iqtisodiyotni sanoat va texnologik jihatdan modernizatsiyalash hamda uning tarkibiy jihatdan diversifikatsiyalashga yaqindan koʻmak beradi.
Har ikki mamlakatda olib borilayotgan islohotlar jarayoni yangi bosqichda nafaqat oʻzbek — fransuz, balki Oʻzbekiston va Yevropa ittifoqi strategik hamkorligining koʻp qirrali munosabatlarini tatbiq qilish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.
Nafaqat Yevropada, balki butun dunyoda eng yuqori texnologiyalarga ega Fransiya bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish Oʻzbekistonning xalqaro maqomini hamda obroʻsini oshirish, yuqori sifatli investitsiyalar va ilgʻor texnologiyalarni jalb qilish, sayyohlar oqimini koʻpaytirish imkonini beradi. Shuningdek, oʻzbek mahsulotlarini ushbu mamlakatga eksport qilish imkoniyatini kengaytiradi.
Bahodir MIRZAYEV,
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini
mexanizatsiyalash muhandislari instituti”
Milliy tadqiqot universiteti rektori, professor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Aziz Toshpoʻlatov Ichki ishlar vaziri boʻldi
- Eldor Shomurodov “Roma” klubining fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi
- IIV sobiq rahbari Poʻlat Bobojonov yangi lavozimga tayinlandi
- Navoiyda 8-sinf oʻquvchisi farzandli boʻldi
- Oʻzbekistonda 8-iyundan chiqindidan qarzdorlar elektr uchun toʻlov qilolmaydi
- “Tilimizga befarq boʻlmang!” Atamalar komissiyasi 30 ta xorijiy soʻz uchun oʻzbekcha muqobil taklif qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring