“Yangi Oʻzbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti” dasturi amalga oshiriladi

11:10 03 Oktyabr 2022 Iqtisodiyot
1214 0

Illustrativ foto

“Tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–228-son, 30.09.2022-y.) qabul qilindi

Farmonga muvofiq, 2022-yil 1-noyabrdan:

bir eksport shartnomasi doirasida kelib tushmagan valyuta summasi eksportga yuklangan jami mahsulot narxining 5 foizidan oshmagan taqdirda muddati oʻtgan debitor qarzdorlik hisoblanmaydi va tadbirkorga nisbatan jarima qoʻllanilmaydi;

eksport tashkilotlariga foyda va aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha soliq bazasini kamaytirish shaklidagi imtiyozlar tovarlarni realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumdagi eksport hajmining ulushidan qatʼi nazar qoʻllaniladi;

qovun, kanakunjut, xantal va maxsar urugʻlari eksportiga ruxsat beriladi.

Eksportchi korxonalarni ochiq tanlov orqali saralab, ularni yetakchi eksportyorlarga aylantirish va har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “Yangi Oʻzbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti” dasturi amalga oshiriladi.

Dasturga kiritilgan eksportchi korxonalarga Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan eksportoldi va eksport bilan bogʻliq savdo operatsiyalarini moliyalashtirishi uchun oxirgi 12 oydagi eksport hajmidan kelib chiqib quyidagi moliyaviy yordamlar koʻrsatiladi:

eksport hajmi 1 million dollardan 5 million dollargacha boʻlganda – 1 million dollargacha;

eksport hajmi 5 million dollardan 10 million dollargacha boʻlganda – 2 million dollargacha;

eksport hajmi 10 million dollardan 15 million dollargacha boʻlganda – 3 million dollargacha;

eksport hajmi 15 million dollardan 20 million dollargacha boʻlganda – 4 million dollargacha;

eksport hajmi 20 million dollardan ortiq boʻlganda – 5 million dollargacha;

bitta xalqaro standartni joriy qilish va sertifikatni olishi uchun ularga 30 ming AQSH dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер