Yangi oʻquv yili odatdagidek anʼanaviy tarzda boshlanadimi? Akademik litseylar sentyabr oyida ochiladimi?

11:26 26 Avgust 2020 Jamiyat
1402 0

Ushbu savolga bugun AOKA huzuridagi shtabda bo'lib o'tgan brifingda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim taʼlimi vazirligi matbuot kotibi Farhod Babashev quyidagicha javob berdi:

— Respublika maxsus komissiyasi qaroriga koʻra yangi oʻquv yilini taʼlim muassasalarida masofaviy tarzda boshlash belgilangan.

Akademik litseylarda taʼlim jarayonlari 2 kurs oʻquvchilari uchun yangi oʻquv yilidan masofaviy tarzda boshlanadi.

Shuningdek, 2020/2021 oʻquv yili uchun saralash imtihonlarini joriy yilning 7-sentyabridan 15-sentyabriga qadar boʻlgan muddatlarda oʻtkazish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga taklif kiritilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?