Yangi loyihalar yuzasidan kelishuvga erishildi
Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari ayni paytda Xitoy Xalq Respublikasida boʻlib turibdi. Dastlab Szyansi provinsiyasidagi “Jiangxi Changnan Construction Group” hamda “Limin Zhongsheng Real Estate Development” kabi yirik kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazildi. Muloqot chogʻida infratuzilma qurilishi, muhandislik loyihalarini amalga oshirish va avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish sohalarida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.

— Muzokaralar ijobiy ruhda oʻtmoqda, — deydi viloyat hokimligi masʼul xodimi Rustamjon Eshonov. — Xitoyning tajribali kompaniyalari bilan hamkorlik qilish orqali viloyatimizda yangi ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha muhim kelishuvlarga erishilmoqda.

Ayni paytda “Limin Zhongsheng Real Estate Development” kompaniyasi bilan Andijonda avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishga oid memorandum imzolandi. Safar doirasida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha hamkorlikni yanada kengaytirish rejalashtirilgan.
Saminjon HUSANOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring