Yangi loyiha: uch oyda 70 tonna biogumus olish mumkin
Joriy yilning avgust oyida Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan «Kaliforniya yomgʻir chuvalchangini boqishning yangi dasturini tatbiq qilish va tabiiy «biogumus» ishlab chiqarish» loyihasi moliyalashtirilgan edi.
Ayni paytda loyihani yoʻlga qoʻyish maqsadida belgilangan qurilish ishlari oʻz nihoyasiga yetdi. Qurilish ishlari 500 kvadrat metr maydonda amalga oshirilgan boʻlib, biogumus ishlab chiqarish uchun goʻng bilan toʻldirildi. 115 m2 Kaliforniya qizil chuvalchangi olib kelindi. Bundan 15 m2 kam taʼminlangan oilalarga, 100 m2 chuvalchang boqish havzasiga ajratildi. Natijada 3 oy muddatda 70 tonna biogumus hamda 300 m2 tayyor chuvalchang mahsuloti olinadi.
Fargʻona viloyati hududiy innovatsion rivojlanish boshqarmasi tomonidan loyihalarni monitoring qilish ishlari davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring