Yangi yildan davlat organlari tomonidan qaysi hujjatlarni talab qilish bekor qilindi
2022-yil 1-yanvardan boshlab davlat organlari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik subyektlaridan quyidagi maʼlumotlarni va hujjatlarni talab qilish bekor qilindi:
— tadbirkorlik subyekti davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma maʼlumotlarini;
— litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar qabul qilinganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma mavjudligi boʻyicha maʼlumotlarni;
— davlat boji, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar toʻlanganligi toʻgʻrisida maʼlumotlarni;
— qimmatli qogʻozlar, qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar, dividendlar olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
— kam taʼminlangan oila yoki oila aʼzosi sifatida roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlarni;
— jismoniy shaxslar tomonidan toʻlangan va olingan alimentlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni;
— oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom maʼlumotlarini;
— jismoniy shaxs oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini tugatganligi haqida maʼlumotlarni;
— jismoniy shaxs umumiy oʻrta taʼlim (11-sinf negizida) muassasasini tugatganligi haqida maʼlumotlarni;
— fuqaro “Yoshlar daftari” yoki “Ayollar daftari”da mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotlarni;
— oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotlarni;
— oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun imtiyozga ega boʻlgan abituriyentlarning imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat toʻgʻrisida maʼlumotlarni;
— moliyaviy hisobotlar nusxalarini;
— jismoniy shaxslarning oxirgi 12 oydagi ish haqini tasdiqlovchi maʼlumotnomalarni;
— ijtimoiy nafaqa va pensiyalar toʻlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni.
Bunda, davlat organlari va tashkilotlari jismoniy shaxslarga davlat xizmatlarini koʻrsatishda, ishga qabul qilish jarayonida va boshqa maʼmuriy tartib-taomillarni amalga oshirishda yuqoridagi hujjat va maʼlumotlarni belgilangan masʼul davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab oladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring