Yangi yil tadbirlari sabab poytaxtning ayrim markaziy koʻchalari bir oyga yopiladi
Yangi yil tadbirlari munosabati bilan poytaxtning ayrim markaziy koʻchalari bir oyga yopiladi. Bu haqida Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Bildirilishicha, yangi yil bayrami tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish, shuningdek, bayram tadbirlari vaqtida aholi xavfsizligini taʼminlash hamda jamoat tartibini saqlash maqsadida poytaxtning ayrim hududlarida transport vositalari uchun harakat cheklovlari oʻrnatiladi.
Jumladan, 2025-yilning 15-dekabridan 2026-yilning 15-yanvarigacha Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi old maydonida:
- Zarafshon koʻchasining “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi qoʻriqlash punkti va Matbuotchilar koʻchalari oraligʻidagi qismi;
- Istiqlol koʻchasining A.Temur shoh va Buyuk Turon koʻchalari oraligʻidagi qismi;
- Buyuk Turon koʻchasining Istiqlol koʻchasi kesishmasidan Yoshlar ijod saroyigacha.

2025-yil 17-dekabrdan 2026-yil 5-yanvargacha Taras Shevchenko gastronomik-turizm koʻchasida:
- Taras Shevchenko koʻchasining Fidokor koʻchasi kesishmasidan Nukus koʻchasi kesishmasigacha;
- Sayyid Baraka koʻchasining Oybek koʻchasi kesishmasidan Amir Temur shoh koʻchasigacha.

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring