Yangi investitsiya loyihasi – mamlakatimiz energetika tizimida muhim qadamlardan biri boʻladi
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tizimidagi Tolimarjon IESda zamonaviy energetika texnologiyalari asosida, dunyoning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikda 1065 MVt quvvatga ega zamonaviy bugʻ-gaz qurilmasi qurilishi yakuniy bosqichga yetdi. Bugun, ushbu loyihaning qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishish maqsadida OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi.
Prezidentimizning energetika sohasiga boʻlgan yuksak eʼtiborlari natijasida bugungi kunda mamlakatimizda barpo etilayotgan zamonaviy investitsiya loyihalari qatorida Tolimarjon IESda qad rostlayotgan bugʻ-gaz qurilmalari ham ishlab chiqarish quvvatlarini sezilarli darajada oshishiga xizmat qiladi. Loyihaning umumiy quvvati 1065 megavatt va loyiha qiymati 944, 87 million AQSH dollarini tashkil etadi.
Osiyo Taraqqiyot banki, Yevropa Tiklanish va taraqqiyot banki, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining kredit mablagʻlari tomonidan moliyalashtirilayotgan, mamlakatimiz energetika sohasidagi mega loyihalar qatorida turuvchi ushbu energoinshoot qurilishi Ispaniyaning “Intesa Ingenieria Industrial S.A., Yaponiyaning “Mitsubishi Corporation” hamda Turkiyaning “Çalık Energy” kabi yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda olib borilmoqda.
Ushbu bugʻ-gaz qurilmalari ishga tushirilgach, korxona yiliga 8 milliard kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi va yuqori tejamkor texnologiyalarni qoʻllash hisobiga yiliga 300 million kubmetr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.
Bu yangi investitsion loyiha Samarqand va Buxoro viloyatlari isteʼmolchilarini, Qarshi magistral kanalidagi yettita nasos stansiyasini va yana koʻplab aholi punktlarini ishonchli elektr energiyasi bilan taʼminlashga xizmat qiladi.
Bu bugʻ-gaz qurilmalari ishga tushirilgach, korxonada qoʻshimcha 200-250 ish oʻrni yaratiladi. Bu loyiha boʻyicha birinchi bugʻ-gaz qurilmasi 2025-yil yakuniga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Ushbu bugʻ-gaz qurilmalariga oʻrnatilayotgan uskunalar Yaponiya, Koreya, Xitoy va AQSH kabi yetakchi mamlakatlardan keltirilgan boʻlib, avtomatlashtirilgan holda boshqarilishi va energotejamkorligi bilan ahamiyatlidir.
Qurilmalardagi ikkita gaz turbinalarining har biri 385,0 MVtni, bugʻ turbinalari esa 185,7 MVtni tashkil etadi.
Hozirgi paytda qurilishdagi ishchi xizmatchilarning son 2504 kishidan iborat boʻlsa, shulardan 504 nafarini chet ellik mutaxassislar tashkil etadi. Shuningdek, qurilish jarayonlariga 96 ta maxsus texnikalar va mexanizmlar ham jalb etilgan.
Maʼlumot uchun: Mazkur loyiha davlatimiz rahbarining 2020-yil, 18-dekabrdagi “Tolimarjon IES” AJni umumiy quvvati 900 megavattdan kam boʻlmagan navbatdagi 2 ta bugʻ-gaz qurilmalarini qurish bilan kengaytirish investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida amalga oshirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring