Yangi gripp virusi immunitetga oson “chap bera oladi”
Illustrativ foto
Dunyoning koʻplab hududlarida mavsumiy gripp xastaligi keng tarqalayotgan bir pallada olimlar yangi gibrid viruslar paydo boʻlganidan xavotirda.
Eng yomoni, ushbu yangi mutatsiyalar inson immunitetiga oson “chap bera oladi”. Yaʼni organizmda gripp infeksiyasiga qarshi antitanalar shakllangan boʻlsada, ularni qiyinchiliksiz chetlab oʻtib, sogʻlom hujayralarni zararlaydi.
Mutaxassislarning izoh berishicha, ikki virusning birlashishi fanda konfeksiyalar deb ataladi. Biroq Shotlandiyaning Glazgo universiteti olimlari tomonidan inson oʻpkasida oʻtkazilgan tajribalar davomida viruslar bir-biri bilan raqobatlashmasligi, aksincha kuchlarini birlashtirib, yanada xavfli tus olishi aniqlandi.
Biz soʻz yuritayotgan gibrid gripp infeksiyalari shu tariqa shakllangan va olimlar hali bunday virusga duch kelishmaganini taʼkidlamoqda.
‼️Xavotirli jihati, ushbu chatishgan xastalik aksariyat hollarda pnevmoniyani keltirib chiqarishi mumkin. Yaʼni infeksiya oqibatida oʻpka toʻqimalari yalligʻlanib, uning boʻshligʻi suyuqlik bilan toʻlishi kuzatiladi. Oqibatda bemorning nafas olishi ogʻirlashib, hayoti xavf ostida qoladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Bir asrlik tarixga guvoh bino taqdiri
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Toshkentda Butunjahon isteʼmolchilar huquqlari kuni munosabati bilan matbuot anjumani oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring