Yangi formatdagi YECHLning birinchi kuni qanday oʻtdi?
Yevropa Chempionlar ligasining yangi formatidagi birinchi kun oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Qayd etish kerakki, birinchi kunda sensatsion natijalar qayd etilmadi. “Bavariya” “Dinomo Zagreb” darvozasiga 9 ta gol urdi, Keyndan poker, “Liverpul” “Milan”ni yengdi, “Real” va “Yuventus”da ishonchli gʻalaba qayd etildi.
“Real” Madridda Germaniyaning “Shtutgart” jamoasini qabul qildi. Birinchi boʻlimda koʻplab vaziyatlar yaratilgan boʻlsa-da, ikki tomon ham darvozlarga yoʻl topa olmadi. Ikkinchi boʻlim boshida esa Kilian Mbappe hisobni ochdi.
68-daqiqada nemislar safida oʻynayotgan Undav hisobni tenglashtirdi. 83-daqiqada esa Antonio Ryudiger, oʻyin oxirida esa Endrik yakuniy golni urdi va “qaymoqranglilar” 3:1 hisobidagi gʻalabani rasmiylashtirdi.
“Liverpul” esa “Milan” ustidan 3:1 hisobida ustun keldi. Mersisaydliklar safida Konate, van Deyk va Soboslay gol urdi, milanliklar tarkibida Pulishich oʻz nomini tabloga yozdirib qoʻydi.
“Bavariya” “Dinamo Zagreb”ni 9:2 hisobida yengdi. Kompani shogirdlaridan Harri Keyn poker qayd etgan boʻlsa, Olise esa dubl muallifi boʻldi. Shuningdek, Sane, Goretska va Gerreyru hisobiga ham gol yozildi. Keyingi raqib “Barselona”.
“Yuventus” oʻz uyida Niderlandiyaning “PSV” klubiga qarshi maydonga chiqdi va 3:1 hisobida gʻalaba qozondi. Turinliklar safida Yildiz, Makkenzi va Gonsales gol muallifi boʻlgan boʻlsa, Niderlandiya klubi tarkibida Saybari darvozani ishgʻol qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring