Yangi davlat xizmatlarini koʻrsatish yoʻlga qoʻyiladi
 
                Hukumat qarori (544-son, 17.10.2023-y.) bilan “Professional mediatorlar reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti” tasdiqlandi.
Unga koʻra, maxsus oʻquv kursidan oʻtganligi haqida sertifikatga ega boʻlgan va Reyestrga kirish istagini bildirgan jismoniy shaxs (talabgor) doimiy yoki vaqtincha roʻyxatdan oʻtgan manzilidan qatʼi nazar, eksterritoriallik tamoyili asosida istalgan davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YAIDXP (my.gov.uz)dan roʻyxatdan oʻtadi.
Zarur maʼlumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng talabgor maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi hamda imzolaydi.
Davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun toʻlov undirilmaydi.
Talabgor murojaat etganda, uning soʻrovnomasi toʻldirilib, talabgor tomonidan tasdiqlangandan soʻng 10 daqiqada tegishli hududiy adliya organiga elektron shaklda yuboriladi.
Professional mediatorlar reyestri elektron shaklda shakllantiriladi va yuritiladi.
Professional mediator quyidagi hollarda Reyestrdan chiqarilishi mumkin:
— Reyestrdan chiqarish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat etganda;
— vafot etganda yoki sudning uni vafot etgan deb eʼlon qilish haqidagi qarori qonuniy kuchga kirganda;
— muomala layoqati cheklanganda yoki u belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
— sudning mediatorni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish haqidagi ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
— davlat vazifalarini amalga oshiradigan lavozimga tayinlanganda yoki saylanganda, notariuslar bundan mustasno;
— mediatorga nisbatan jinoiy taʼqib amalga oshirilayotganda;
— bir yildan ortiq muddat mobaynida u toʻgʻrisida maʼlumot olish imkoni boʻlmaganda, hududiy adliya organining tegishli tarkibiy tuzilmasi xulosasiga koʻra;
— doimiy yashash uchun Oʻzbekistondan tashqariga chiqib ketganda.
Professional mediator Reyestrdan hududiy adliya organining qarori asosida chiqariladi.
Mazkur reglament 2024-yil 1-yanvardan amalga kiritiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
 
                 
        
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring