«Yangi avlod» maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi
«Toshkent shahrida «Yangi avlod» maxsus sanoat zonasini tashkil etish toʻgʻrisida»gi Prezident Qarori (PQ-138-son, 20.03.2024 y.) qabul qilindi.
Unga koʻra, Toshkent shahri Yangihayot tumanida «Yangi avlod» maxsus sanoat zonasi («Yangi avlod» MSZ) tashkil etiladi (faoliyat yuritish muddati 30-yil).
MSZ faoliyati davomida uning ishtirokchilariga maxsus iqtisodiy zonalari ishtirokchilari uchun belgilangan alohida soliq, bojxona imtiyozlari va boshqa preferensiyalar tatbiq etiladi.
MSZni boshqarish uchun masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida «Yangi avlod» boshqaruvchi kompaniyasi tashkil etiladi.
«Yangi avlod» MSZ hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalari boshqaruvchi kompaniya tomonidan «Ye-auksion» elektron savdo platformasi orqali ijaraga beriladi.
MSZ hududida 2025-yil yakunigacha 1,5 milliard AQSH dollari miqdorigacha toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalari oʻzlashtirilishi, natijada 2,5 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratilishi taʼminlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring