“Yangi-Angren IES”da mehnat xavfsizligi boʻyicha oʻquv-amaliy seminar tashkil etildi

15:35 12 Iyun 2025 Jamiyat
90 0

Xodimlarning xavfsiz mehnat sharoitlarida faoliyat yuritishini taʼminlash, jarohatlanishlarning oldini olish va ishlab chiqarish madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Yangi-Angren IES”da “Ishlab chiqarish jarayonlarida jarohatlanishlarning oldini olish va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish” mavzusida oʻquv-amaliy seminar oʻtkazildi.

Mazkur tadbir “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tashabbusi bilan tashkil etildi va unda boshqaruv aʼzolari, Respublika kasaba uyushmalari federatsiyasining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi mutaxassislari hamda tizimga qarashli korxonalardan tashrif buyurgan masʼullar ishtirok etdilar.

Seminarning asosiy maqsadi – ish joylarida xavfsizlik madaniyatini shakllantirish, xodimlar bilim va koʻnikmalarini oshirish, ish jarayonlarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan baxtsiz hodisalarning oldini olishdan iborat.

Tadbir doirasida quyidagi muhim yoʻnalishlarda maʼruzalar va amaliy muhokamalar olib borildi:

— Mehnatni muhofaza qilish va xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat hamda yongʻin xavfsizligini taʼminlashda amal qilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni;
— Jamoatchilik nazoratini yoʻlga qoʻyish orqali xodimlar oʻrtasida xavfsiz mehnat madaniyatini shakllantirish;
— Rahbar xodimlar masʼuliyatini oshirish va mehnat intizomini mustahkamlash;
— Korxonalar oʻrtasida ilgʻor tajriba va gʻoyalarni oʻzaro almashishni yoʻlga qoʻyish.

Seminar ishtirokchilari tomonidan berilgan amaliy taklif va tavsiyalar qizgʻin muhokama qilindi. Ayniqsa, ishlab chiqarishda mehnatni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, ish jarayonlaridagi xavfni aniqlash va ularni minimallashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Kunning ikkinchi yarmida amaliy mashgʻulotlar boʻlib oʻtdi. Unda ishtirokchilar oʻz bilimlarini amaliyotda mustahkamlash imkoniga ega boʻldilar.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tizimida bu kabi tadbirlar muntazam tashkil etilib, ishchi-xizmatchilar uchun xavfsiz, salomatlikka zararsiz mehnat muhitini yaratish yoʻlida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер