Yana toʻrt davlat Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olishi kutilmoqda

11:39 29 May 2024 Dunyo
356 0

Foto: AP

Belgiya, Lyuksemburg, Portugaliya va Sloveniya tez orada Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olishi mumkin. Bu haqda Falastinning Rossiyadagi elchisi Abdul Hafiz Novfalga aytib oʻtdi.

«Hatto AQSH universitetlarida ham Isroilni ayblay boshlagan. Tel-Avivda ham katta xatolar bor. Hozir urushning sakkizinchi oyi ketmoqda. Mamlakatdagi ikki fuqarolikka ega insonlar Isroilni tark etmoqda. Sababi ular bunday urushga oʻrganmagan», — deydi diplomat

Avvalroq Irlandiya, Ispaniya va Norvegiya hukumati Falastin davlatligini tan olish haqidagi qarorini eʼlon qilgan edi. Ushbu qaror 28-maydan kuchga kirdi. Oʻtgan hafta bunga javoban Isroil TIV rahbari maslahatlashuvlar uchun Dublin, Madrid va Oslodagi elchilarni chaqirib olishini maʼlum qilgan. Shu bilan birgalikda Irlandiya, Ispaniya va Norvegiyaning Isroildagi diplomatik elchilari Isroil tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер