Yana bir mamlakat koronavirusga qarshi vaksina sinovlarini boshlamoqda

22:30 08 Sentyabr 2020 Dunyo
999 0

Amerikaning Johnson and Johnson kompaniyasining COVID-19ga qarshi eksperimental vaksinasi sinovlari kelasi hafta Madriddagi La Pas universiteti kasalxonasida boshlanadi.

“Sinovlarda qatnashadiganlarning motivlari turlicha. Masalan, 65 yoshdagi koʻplab koʻngillilar bor. Ushbu aholi, ayniqsa, koronavirusga nisbatan zaifdir. Odamlar potensial vaksinaning paydo boʻlishini xohlashadi, emlash va qish boshlanishidan oldin oʻzlarini himoya qilish uchun”, - dedi Albert Oborobia, La Pas klinikasi tadqiqotlari koordinatori.

Ispaniyaning barcha aholisi uchun vaksina mavjud boʻlgunga qadar hali koʻp vaqt kerak: shifokorlar preparatning qanchalik samarali va ishonchli ekanligini aniqlashi kerak.

Tadqiqot koordinatori Albert Oborobia taʼkidlashicha, sinovlar davomida olimlar toʻgʻridan-toʻgʻri mamlakat aholisi bilan bogʻliq maʼlumotlarni olishadi: “Ushbu aniq maʼlumot juda muhim, chunki ularning yordami bilan biz emlash qanday amalga oshiriladi va u qanday ishlaydi”, - degan savolga javob beramiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?