Yakshanba kuni “El klassiko” koʻramiz: jamoalar ketma ket 3-marta finalda toʻqnash keladi
Ispaniya Superkubogi ikkinchi yarimfinalida “Real Madrid” “Malyorka” ustidan yirik hisobda gʻalaba qozondi.
“Madrid” jamoasi raqib darvozasiga javobsiz 3 ta toʻp kiritdi. Madridliklardan Bellingem va Rodrigo bittadan golga mualliflik qilgan boʻlsa, raqib himoyachisi Valent esa avtogolga mualliflik qildi.
Birinchi yarimfinalda Kataloniyaning “Barselona” klubi “Atletiko Bilbao” ustidan gʻalaba qozongan holda kubok finaliga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan edi.
Shu tariqa Ispaniya Superkubogi finalida “El klassiko” boʻladi. Bahs Toshkent vaqti bilan, 13-yanvarga oʻtar kechasi soat 00:00da boshlanadi.
Maʼlumot uchun, finalda “Madrid” jamoasi gʻalaba qozonadigan boʻlsa Superkubokda oʻn toʻrtinchi bor gʻalaba qozongan hamda azaliy raqibi “Barselona”ning rekordini takrorlagan boʻladi.
Eslatib oʻtamiz, bundan oldingi “El klassiko” oktyabr oyida Madridda boʻlib oʻtgan va yakunda Kataloniya klubi yirik (0:4) hisobda gʻalaba qozongan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring