“Yagona transchegaraviy pul oʻtkazmalari” toʻlov tizimi faoliyati yoʻlga qoʻyiladi
“Transchegaraviy pul oʻtkazmalarini taʼminlash boʻyicha toʻlov tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (771-son, 24.12.2021-y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, xorijdan Oʻzbekistonga transchegaraviy pul oʻtkazmalarini amalga oshirish maqsadida Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (Oʻzmilliybank) negizida “Yagona transchegaraviy pul oʻtkazmalari” toʻlov tizimi tashkil etiladi.
Mazkur toʻlov tizimi bir qator apparat va dasturiy-texnik vositalarni oʻzida mujassam qilgan tizimli platforma boʻlib, uning ishtirokchilari (kredit tashkilotlari) uchun vakillik hisobvaraqlari orqali transchegaraviy oʻtkazmalar boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
“Aziya – Invest Bank” AJ (Moskva shahri) ushbu toʻlov tizimi orqali amalga oshirilgan transchegaraviy oʻtkazmalar boʻyicha Rossiya Federatsiyasidagi hisob-kitob banklaridan biri hisoblanadi.
Qarorga koʻra, Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan Oʻzbekiston fuqarolarining ishga joylashish boʻyicha xarajatlarini qoplash maqsadida kreditlar ajratish loyihasi ishlab chiqiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring