XVII yozgi Paralimpiya oʻyinlari yakunlandi. Oʻzbekiston delegatsiyasining natijasi qanday?

28-avgustdan 8-sentyabrga qadar Parij shahri mezbonligida oʻtgan XVII yozgi Paralimpiya oʻyinlari oʻz yakuniga etdi. Toʻrt yillikning eng nufuzli musobaqasida dunyoning 182 davlatidan jami 4400 nafar sportchilar 549 ta medallar jamlanmasi uchun bahs olib borishdi.
Oʻzbekiston paralimpiya terma jamoasi ushbu musobaqada matonatli ishtiroki bilan mustaqil mamlakatimiz tarixidagi eng yaxshi natijasiga erisha oldi. Yurtdoshlarimiz 10 ta oltin, 9 ta kumush, 7 ta bronza, jami 26 ta medal bilan “Parij-2024” Paralimpiya oʻyinlarida umumjamoa hisobida 13-oʻrinni egalladi.
Biz singari 10 ta oltin, 9 ta kumush, 10 ta bronza medaliga ega Kanada terma jamoasi 12-oʻrini qoʻlga kiritdi. Germaniya esa 10 ta oltin, 14 ta kumush, 25 ta bronza medali bilan 11-pogʻonadan joy oldi.
Eʼtiborga molik jihati shundaki, bir muddat avval Parij Olimpiadasida ham sportchilarimiz 13-pogʻonadan joy olishgan edi. Paralimpiyachilarimiz ham bu borada jahonning 13-terma jamoasi boʻlishdi. Oʻzbekiston Parij-2024 paralimpiya oʻyinlarida Osiyo davlatlari orasida Xitoy va Yaponiyadan keyin uchinchi, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari orasida Ukrainadan keyin ikkinchi, Islom davlatlari orasida esa birinchi oʻrinni egalladi.
Medallar jamgʻarish boʻyicha, Xitoy Xalq Respublikasi vakillari 94 ta oltin, 76 ta kumush, 50 ta bronza, jami 220 ta medal bilan roʻyxatda katta ustunlik 1-oʻrinni egallashdi. Buyuk Britaniya paralimpiyachioari 49 ta oltin, 44 ta kumush, 31 ta bronza medali bilan ikkinchi oʻrinni egallashgan boʻlsa, AQSH sportchilari 36 ta oltin, 42 ta kumush, 27 ta bronza medali bilan kuchli uchlikka yakun yasab berishdi. Niderlandiya delegatsiyasi 27 ta oltin, 17 ta kumush, 12 ta bronza medali toʻrtinchi pogʻonadan joy oldi.
Bizdan avvalgi oʻrinlarni Kanada, Germaniya, Yaponiya, Avstraliya, Fransiya, Ukraina, Italiya va Braziliya terma jamoalari band etdi. Jami 67 davlat delegatsiyalari hisobida kamida 1 tadan oltin medal boʻldi. Kamida 1 ta bronza medalini qoʻlga kiritgan davlatlar soni 85 tani tashkil etdi. Navbatdagi yozgi Paralimpiya oʻyinlari 2028-yili AQSHning Los-Anjeles shahrida oʻtkaziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring