“Microsoft”dagi texnik muammo Oʻzbekiston aeroportlari ishiga taʼsir qilmadi — “Uzbekistan Airports”
Foto: Arxiv surat
Avvalroq “Windows” tizimi bilan ishlaydigan qurilmalarda butun dunyo boʻylab muammolar kuzatilayotgani, xususan, Avstraliya, AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarda aeroport, banklar, OAV hamda fond birjalari faoliyatida uzilishlar yuzaga kelayotgani haqida xabar berilgan edi.
“Uzbekistan Airports” axborot xizmati “Microsoft” ishidagi global uzilishlar Oʻzbekistondagi xalqaro aeroportlar faoliyatiga taʼsir qilmadi, deb xabar bermoqda.
“Ayni damda barcha aerodromlarda uchish va qoʻnish jarayonlari odatdagidek davom etmoqda. Aviakompaniyalar yoʻlovchilarni roʻyxatga olishda dasturiy nosozliklarga duch kelgan taqdirda, “Uzbekistan Airports” aviatashuvchilarga oʻzining muqobil roʻyxatga olish tizimini taklif qilishga tayyor”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring