WADA Prezidenti ilk bor Oʻzbekistonga kelmoqda
Butunjahon antidoping agentligi (WADA) Prezidenti Vitold Banka Oʻzbekistonga keladi. Bu haqda Milliy Olimpiya Qoʻmitasi axborot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, joriy yilning 22-23-may kunlari Toshkentda Butunjahon antidoping agentligi (WADA)ning Osiyo va Okeaniya mamlakatlari sport vazirliklarining 19-hukumatlararo yigʻilishi boʻlib oʻtadi. 34 mamlakatdan delegatlar qatnashadigan ushbu nufuzli tadbirga WADA Prezidenti Vitold Banka va boshqa koʻplab faxriy mehmonlar tashrif buyuradi.
Bugun, 15-may kuni Sport vazirligida mazkur tadbirni yuqori saviyada tashkil etish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtgan.
Unda vazir Adham Ikramov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda Milliy antidoping agentligi direktori Abdushukur Sadikov, shuningdek, masʼul tashkilotlar vakillari ishtirok etgan.
Qayd etish joiz, WADA oʻz faoliyatini boshlaganidan beri beri ushbu tashkilotning hech bir rahbari Oʻzbekistonga tashrif buyurmagan. Shu bois, Adham Ikramov boʻlajak tadbirni yuqori saviyada oʻtkazish ne chogʻlik muhim ekanini taʼkidlab, masʼullarga uni munosib tashkil etish boʻyicha topshiriq bergan.
Uchrashuvda xalqaro tadbirning kun tartibidan oʻrin olgan masalalar muhokama qilinib, sohada yanada ildam qadamlarni tashlash maqsadida xalqaro ekspertlar, martabali mehmonlar bilan rasmiy uchrashuvlar tashkil etish masalalari ham koʻrib chiqilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Bir asrlik tarixga guvoh bino taqdiri
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Toshkentda Butunjahon isteʼmolchilar huquqlari kuni munosabati bilan matbuot anjumani oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring