Voyaga yetmaganlarga jinsiy tajovuz qilganlar jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilinmaydi
Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qonun (OʻRQ–829-son, 11.04.2023-yil) Prezident tomonidan imzolandi.
Jinoyat kodeksiga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi:
Voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik mahsulotlar bilan muomala qilish voyaga yetmagan shaxs ishtirokida qoʻshmachilik qilish, fohishaxonalar tashkil etish jinoyatlari jinoyatga tayyorganlik yoki suiqasd bosqichida toʻxtatilganda, mazkur jinoyatlar uchun jazo tayinlashda yengillik berilmaydi.
Quyidagi jinoyatlarni sodir etganlarga jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish qoʻllanilmaydi:
— 18 yoshga toʻlmagan jabrlanuvchi nomusiga tegish va uni jinsiy aloqaga majbur etish bilan bogʻliq jinoyatlar;
— 16 yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa yoki unga uyatsiz-buzuq harakatlar qilish;
— voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik mahsulotlar bilan muomala qilish;
— voyaga yetmagan shaxs ishtirokida qoʻshmachilik qilish, fohishaxona tashkil etish bilan bogʻliq jinoyatlar.
Ayolni homilasini sunʼiy tushirishga majburlash uchun javobgarlik kuchaytirilib, jarima miqdori BHMning 100 baravaridan 200 baravarigacha yoki 3 yildan 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanashi belgilandi.
Ilgari BHMning 50 baravarigacha jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari nazarda tutilgan.
Nomusga tegish (118-modda) va jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib gʻayritabiiy usulda qondirish (119-modda) jinoyatlari uchun javobgarlik 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi. Ilgari 3 yildan 7 yilgacha edi.
Shuningdek, mazkur jinoyatlar nogironligi boʻlgan shaxslarga, sobiq xotiniga, bir roʻzgʻor asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoxud umumiy farzandga ega boʻlgan shaxsga nisbatan sodir etilishi, jabrlanuvchiga qarab turish yuklatilgan taʼlim, tarbiya, davolash yoki boshqa muassasaning xodimi tomonidan sodir etilishi jinoyatni ogʻirlashtiruvchi holat deb topilishi nazarda tutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Avstraliyada 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring