“Vogue World” moda va sportni uygʻunlashtirgan tadbir tashkil qildi
Parijda yakshanba kuni Olimpiya oʻyinlari oldidan moda va sportni uygʻunlashtirgan “Vogue World” nomli jozibali tadbir boʻlib oʻtdi. “Vogue” jurnali tomonidan tashkil etilgan tadbir tarixiy Vandom maydonida oʻtkazilgan. Bu haqda “France 24” xabar bermoqda.
Bunday tadbir oxirgi marta 1924-yilda Parijda oʻtkazilgan Olimpiada oʻyinlari arafasida tashkil qilingan edi. Ushbu ramziy maʼnodagi bir asrlik yubiley sport turlari bilan birlashtirilgan holda taqdim etildi.
800 nafar mehmon orasida Farrell Uilyams, Venera Uilyams va Keti Perri kabi mashhur modellar ham bor. Tadbir davomida turli xil spektakllar, moda namoyishlari va sport namoyishlari ham oʻtkazildi.
Supermodellar Jiji Xadid va Kendall Jennerning maydon atrofida otlar bilan uyushtirgan sayri, ayniqsa, shov-shuvlarga sabab boʻldi, chunki modellar “Hermes” brendidagi liboslarda edi.
Shuningdek, “Balenciaga”, “Dior” va “Louis Vuitton” kabi boshqa hashamatli brendlar ham moda koʻrgazmasida faol qatnashdi.
Jurnalning bosh muharriri Anna Vintur Fransiya moda hamjamiyatining qoʻllab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi. Shunga oʻxshash “Vogue World” tadbirlari Nyu-York va Londonda boʻlib oʻtgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring