Vladimir Norov Singapur Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Zulkifli bin Baharudinni qabul qildi
Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
2022-yil 8-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Singapur Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Singapurda) Zulkifli bin Baharudinni qabul qildi.
Diplomat Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida erishilayotgan yutuqlarga ijobiy baho berdi.
Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Singapur munosabatlarining turli sohalardagi dolzarb jihatlari muhokama qilindi.
Ikki tomonlama hamkorlik salohiyatini, jumladan, oʻzaro tashriflar tashkil etish, TIVlararo maslahatlashuvlar oʻtkazish, shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirish, shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasidagi saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish orqali aloqalarni faollashtirishni har tomonlama amalga oshirish zarurligiga eʼtibor qaratildi.
Turli daraja va shakllarda rejalashtirilgan tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.
Iqtisodiy diplomatiyani ragʻbatlantirish maqsadida tomonlar ishbilarmon doiralar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni yoʻlga qoʻyish, biznes-forumlar tashkil etish, elektron tijorat, “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish boʻyicha tajriba almashish, taʼlim, sogʻliqni saqlash, farmatsevtika va boshqa sohalarda loyihalarni amalga oshirish muhimligini qayd etdilar.
Doʻstona va oʻzaro ishonch muhitida oʻtgan uchrashuv yakunlari boʻyicha ikki mamlakat xalqlari farovonligi yoʻlida barcha sohalarda aloqalarni yoʻlga qoʻyishda birgalikdagi saʼy-harakatlarni davom ettirish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring