Vladimir Norov Qozogʻiston Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Beybut Atamqulovni qabul qildi

21:04 08 Noyabr 2022 Siyosat
999 0

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

2022-yilning 8-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Qozogʻiston Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Beybut Atamqulovni qabul qildi.

Uchrashuv elchining vazirga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirish marosimi bilan boshlandi. Vazir elchini lavozimga kirishishi bilan tabriklab, kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Qozogʻiston yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni koʻrib chiqildi. Rejalashtirilgan tashriflar va qoʻshma tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish, shuningdek, Qozogʻiston delegatsiyasining Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti, Samarqandda boʻlib oʻtadigan Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi hamda “Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo” oʻzaro bogʻliqlik konferensiyasida ishtirok etishi yuzasidan fikr almashildi.

Oʻzaro tovar ayirboshlashning jadal oʻsib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tomonlar oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish, sanoat, energetika, transport-logistika, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlar koʻrishga tayyor ekani maʼlum qilindi.

Ikki mamlakat hududlari oʻrtasidagi aloqalarni ragʻbatlantirish va mustahkamlash muhimligi qayd etildi.

Xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Oʻzbekiston va Qozogʻistonning madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirishga intilishi alohida taʼkidlandi. Shu nuqtayi nazardan, joriy yilning noyabr oyida oʻtkaziladigan “Qozogʻistonda Oʻzbekiston madaniyati kunlari”ga tayyorgarlik koʻrish masalalari muhokama qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер