Vladimir Norov Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Che Yong Sam bilan uchrashdi
Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
2022-yil 25-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Oʻzbekiston-Koreya oʻrtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi bosqichida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Che Yong Sam bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oʻrtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollariga oid keng koʻlamli masalalar, mintaqaviy va xalqaro kun tartibi koʻrib chiqildi.
Qayd etilganidek, soʻnggi yillarda ikki davlat oʻrtasidagi aloqalar rivojlanishida izchil surʼat kuzatilib, alohida strategik sheriklik sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarildi.
Tomonlar 2021-yil dekabr oyida Seulda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston-Koreya sammiti oʻzaro hamkorlik holatini baholash va istiqbollarini belgilashda muhim voqea boʻlganini taʼkidladilar. Raqamlashtirish, “yashil rivojlanish”, shuningdek, kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratgan holda turli darajadagi munosabatlarni yanada faollashtirishga tayyorligi tasdiqlandi.
Oʻzbekiston va Janubiy Koreyaning xalqaro tashkilotlar doirasidagi oʻzaro hamkorligi yuzasidan fikr almashildi.
Investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy sohalardagi hamkorlikni baholash hamda uning istiqbollarini belgilashga alohida eʼtibor qaratildi.
Toʻqimachilik sanoati sohasida oʻzaro hamkorlik masalalarining dolzarbligi va ahamiyati qayd etildi. Oʻzbekiston Koreyaning yetakchi kompaniyalarini ushbu yoʻnalishdagi ishlab chiqarishga jalb etishdan manfaatdor ekani taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring