Vladimir Norov YEXHT DIIHB Ehtiyojlarni baholash missiyasi rahbari Vladimir Misevni qabul qildi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
2022-yil 19-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosining (YXHT DIIHB) Ehtiyojlarni baholash missiyasi rahbari Vladimir Misevni qabul qildi.
“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi boʻyicha referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish doirasida YXHT DIIHB bilan hamkorlikning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
Tomonlar soʻnggi yillarda Oʻzbekistonning DIIHB bilan konstruktiv hamkorligi sezilarli darajada faollashganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Saylovlarni kuzatish byurosining toʻliq miqyosdagi missiyalari parlament (2019-yil) va Prezident saylovlarida (2016 va 2021-yillar) ishtirok etdi.
Ehtiyojlarni baholash missiyasi delegatsiyasiga rejalashtirilgan konstitutsiyaviy islohotning asosiy jihatlari haqida batafsil maʼlumot berildi. Asosiy qonunga kiritilgan oʻzgartishlar “Inson qadri uchun” degan bosh tamoyilni hayotga tatbiq etishga qaratilgani alohida taʼkidlandi. Yangilangan Konstitutsiya Oʻzbekistonni uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasining mustahkam huquqiy asosi, kafolatini yaratishi zarurligi taʼkidlandi.
Boʻlajak referendumda Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari uchun Markaziy saylov komissiyasiga har tomonlama koʻmaklashish, xorijdagi vatandoshlarimizning ovoz berish jarayonida faol ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoit yaratish ustuvor yoʻnalishlar ekanligi qayd etildi.
DIIHB vakillari rejalashtirilgan respublika referendumini milliy qonunchilik va umumeʼtirof etilgan xalqaro meʼyorlarga muvofiq tayyorlash va oʻtkazishda Oʻzbekiston tomoni bilan faol hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Saudiya Arabistonida birinchi Islom sanʼati biyennalesining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring